Andijonda 50 kishiga ajratilgan subsidiya mablag‘lari talon-toroj qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida 50 nafar fuqaroga ajratilgan subsidiya mablag‘lari talon-toroj qilinganligi fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tuman bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “X.b.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari va Jalaquduq tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas’ul shaxslari oldindan til biriktirib, tumandagi 50 nafar kam ta’minlangan va ishsiz fuqarolar nomiga subsidiya mablag‘larini ajratish orqali “X.b.” kooperativiga 111,5 mln so‘m o‘tkazib, amalda fuqarolarga hech qanday mahsulot yetkazmasdan yoki xizmat ko‘rsatmasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing