Andijonda 4 ta avtomobil to‘qnashib ketdi (video)

Jamiyat 9488

Andijon viloyati Shahrixon tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 3 aprel kuni soat 15:40 larda, Andijon viloyati Shahrixon tumani “Karnaychi” MFY hududidan o‘tgan “A-373 M-39” avtomobil yo‘lining 407-kilometrida:

  • 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi Z.I. boshqaruvidagi Cobalt;
  • 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi X.Q. boshqaruvidagi Nexia-3;
  • 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi A.X. boshqaruvidagi;
  • 1989 yilda tug‘ilgan haydovchi A.S. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda, Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi Z.I. hamda Damas rusumli avtomobil yo‘lovchisi M.A. larga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Shahrixon tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 333
Reyting: 3.1
t
×