Andijonda 32 yashar erkak ayanchli o‘lim topdi

3-sahifa

image

Andijonda viloyatida “Volga” avtomobili kanalga tushib ketdi. Oqibatda 32 yashar yo‘lovchi suv ostida vafot etdi. Bu haqda Andijon viloyati IIB YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Voqea joriy yilning 26 oktyabr kuni Baliqchi tumani “Yurtobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Katta Andijon kanalida sodir bo‘lgan. 

26 oktyabr kuni taxminan soat 15:30 lar chamasi 1991 yilda tug‘ilgan Murod Esmatov o‘ziga tegishli bo‘lgan “Volga” rusumli avtomashinasida suvga tushib ketgan. Ko‘rilgan tezkor yordam natijasida haydovchi qutqarib olingan. Lekin mashinada bo‘lgan yana bir fuqaro, 1988 yilda tug‘ilgan Ilhom Ergashev voqea joyida suvga cho‘kib, vafot etgan. 

Yo‘l patrul xizmati xodimining ma’lum qilishicha, yo‘l qatnov qismi tegishli chiziqlar bilan belgilangan bo‘lib, hodisaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lga o‘tib ketishi sabab bo‘lgan. 

“Hodisadan so‘ng zudlik bilan mahalla aholisi yordamga chaqirilgan. Murod Esmatovga yordam ko‘rsatilgandan so‘ng, uning shergini ham qutqarishga harakat qildik”, deydi qutqaruvda bo‘lgan mahalla aholisidan biri. 

Ayni vaqtda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

448

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing