Andijonda 2 balli zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
19 Oktabr 2022 3966 1 daqiqa
Bugun, 19 oktyabr kuni O‘zbekiton Respublikasi Andijon viloyatining 3 tumanida zilizila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, zilzila mahalliy vaqt bilan 19:46 da sodir bo‘lgan. Epimarkaz: Andijon viloyati, Buloqboshi tumani. Zilzila koordinatalari: 40,65 gradus shimoliy kenglik; 72,36 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=2,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 273 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
• Asaka tumanida 2 ball, 11 km;
• Buloqboshi tumanida 2 ball, 12 km;
• Andijon shahrida 2 ball, 14 km.
Live
Barchasi