Andijonda 24 nafar o‘quvchi ovqatdan zaharlandi

Jamiyat

image

Ovqatdan zaharlanish holati Samarqanddan keyin Andijon viloyatida ham kuzatildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 8 oktyabr kuni soat 20:30da Andijon tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 4 nafar fuqaro ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana harorati ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan. 

Shu kuni soat 00:00ga qadar faol aniqlash yo‘li bilan yana 23 nafar fuqaro "ovqat toksikoinfeksiyasi" birlamchi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Jami 27 nafar fuqarodan 24 nafari tumanning 35-maktab o‘quvchilari, 1 nafari sinf rahbari, 1 nafari maktab o‘quvchisining onasi – tug‘ilgan kun munosabati bilan tort pishirig‘i tayyorlab olib borgan, 1 nafari esa shu sinf o‘quvchisi uydagi kichik yoshdagi singlisiga bergani natijasida zaharlanish qayd etilgan.

Holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borish uchun voqea joyiga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi mutaxassislari jalb qilindi. Barcha bemorlardan olingan ajratmalar viloyat SEOM laboratoriyasida tekshirilmoqda.

Hozirda shifoxonada 12 nafar bemor davolanmoqda, 15 nafariga esa ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgan.

Bemorlarning ahvoli, yakuniy tashxis hamda o‘tkazilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Ushbu vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qat’iy nazoratga olingan. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Andijonda 27 kishi ovqatdan zaharlandi

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar