Andijonda 2 ta holatda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar pora bilan ushlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyatining Xonobod shahar va Bo‘ston tumanida yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Ichki ishlar bo‘limining Xonobod shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.K. fuqaro F.ning ishonchiga kirib, Xo‘jaobod tumanida “Bog‘dorchilik” uchun ajratilgan 0,8 gektar yer maydonidan bir qismini tanishlari orqali turar joy qurish uchun yer ajratib berishni va’da qilib, oldindan kelishilgan 7 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Bo‘ston tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.O. va boshqalar 6 nafar fuqaroning ishonchiga kirib “A.” MCHJga tegishli yer maydonining bir qismini 1 yil muddatga sabzavot va poliz ekinlari ekish uchun ajratib berishga va’da berib, evaziga ularning 43,8 mln so‘m va 1200 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing