Andijonda 18 yoshli qizning behayo tasvirlarini tarqatmoqchi bo‘lgan “kuyov bola” ushlandi

3-sahifa

image

Andijonda 18 yoshli qizning behayo rasmlarini tarqatish bilan qo‘rqitgan "kuyov bola" aslida ayol ekanligi aniqlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik departamenti xabar berdi.

Unga ko‘ra, Andijon tumanida yashovchi 18 yoshli (ayol) A.R. ariza bilan murojaat qilib, “Abror” ismli noma’lum shaxs uning turli foto-suratlari va behayo videolarini internet ijtimoiy tarmoqlariga joylash bilan qo‘rqitib, tasvirlarni tarqatmaslik evaziga pul so‘rayotganini bildirgan.  

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 20 yoshli O.A. sodir etgani ma’lum bo‘lgan.

Gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb etilgan O.A. Telegram messenjeri orqali jabrlanuvchiga o‘zini “Abror” deb tanishtirib, A.R.ni yaxshi ko‘rib qolganini, kelgusida unga uylanish maqsadi borligini aytib, uning ishonchiga kirgan. Shu orqali u qizning turli fotosuratlari va behayo videotasvirlarini qo‘lga kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan. "Kuyov bola" fotosuratlar va videotasvirlarni tarqatmaslik evaziga 1 million so‘m pul olayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qonunchilikka muvofiq, bunday jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

IIV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made