Andijonda 1 yoshli qiz hojatxonaga tushib ketdi
3-sahifa
−
01 noyabr
36183Kecha, 31 oktyabr kuni Andijon viloyatida 1 yoshli qiz hojatxonaga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 17:33 da Asaka tumani Nurafshon mahallasida joylashgan uylarning birida, ushbu uy egasining 2023 yilda tug‘ilgan qiz farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizaloqni olib chiqib, hayotini saqlab qolgan. Shundan so‘ng qizcha malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxona yuborilgan. Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi va shifokorlar nazoratida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq shunga o‘xshash holat Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida va Toshkent shahri Yangihayot tumanida sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi