Andijonda 1 kg “gashish”ni $9 000 ga sotayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
09 may 2022
3719Andijonda 1 kilogramm “gashish”ni 9 000 AQSH dollariga sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 6 may kuni “Qora dori-2022” tadbiri davomida chetdan kontrabanda yo‘li orqali kirib kelayotgan hamda tranzit tashilayotgan giyohvandlik vositalarini aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Andijon viloyati IIB JQB xodimlari hamkorligida Xo‘jaobod tumanining Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegara hududida tezkor-tadbir o‘tkazilgan.
Unda Farg‘ona viloyatida yashovchi M.A, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi B.S hamda J.M.lardan tashkil topgan jinoiy guruh a’zolari 1 kilogramm “gashish” giyohvand moddasini 9 000 dollarga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi