Andijonda 1 gektar yerni $180 mingga sotmoqchi bo‘lgan MCHJ rahbari ushlandi
3-sahifa
−
08 iyun 2022
5298Andijonda 1 gektar yer maydonini 180 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Asaka tumanidagi pillachilikka ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari o‘zining 1988 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan qarindoshi bilan til biriktirgan.
Shundan so‘ng, ular MCHJga tegishli bo‘lgan 1 gektar yer maydonini hokimiyat tizimidagi mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga undan 180 ming AQSH dollari talab qilgan.
DXXning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa MCHJ rahbari so‘ralgan puldan 120 ming AQSH dollarini qarindoshi orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
LiveBarchasi