Andijonda hokimlik yuristi $1 000 pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyati Asaka tumani hokimlik yuriskonsulti 1 000 AQSH dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Asaka tumani hokimligining yuriskonsulti X.Q. “Q.N.” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi B.N.ning ishonchiga kirgan. 

So‘ngra, u “Q.N.” fermer xo‘jaligining ixtiyoriga berilgan 20,2 gektar yer maydoni bo‘yicha “N.M.” fermer xo‘jaligi o‘rtasidagi Andijon tumanlararo ma’muriy sudida apellyatsiya tartibida ko‘rilayotgan ishni viloyat sudida ishlovchi tanishlari yordamida 1 500 AQSH dollari evaziga “Q.N.” fermer xo‘jaligining foydasiga hal qilib berishni va’da qilgan.

U o‘z xizmat xonasida oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing