Andijonda hokimlik mas’uli $8 ming pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
02 fevral 2022
6974Kecha, 1 fevral kuni Andijon viloyati Asaka tuman hokimligi qishloq xo‘jaligi bo‘limiga qarashli bo‘lgan G‘.Yoqubov massivi raisi N.S. 8 ming dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, G‘.Yoqubov massivi raisi N.S. fuqaro A.A.dan uning nomiga mazkur massivda joylashgan “Oqbo‘yra agro” fermer xo‘jaligi yer maydonidan 30 sotix yer maydonini “Issiqxona” qurish uchun qishloq xo‘jaligi elektron xaritasini yaratib berish, keyinchalik ushbu yer maydonini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 15 000 AQSH dollari talab qilgan.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 1 fevral kuni fuqaro A.A.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda talab qilingan poraning 8 000 dollarini “Asaka dexqon bozori” MCHJ avtoturargohida o‘zining boshqaruvidagi avtomobilida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi