Andijonda hokim fuqaroni haqorat qildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarov va fuqaro o‘rtasidagi telefon suhbatining audioyozuvi tarqaldi. Suhbat davomida hokim fuqaroga qo‘ng‘iroq qilavermasligini aytib, uni haqorat qilgan. Fuqaro hokimdan ijara haqqi va uyini tiklab berishini talab qilgan.

Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yuqoridagi holat yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib holat yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlari amalga oshirilgan. O‘rganish ishlari davomida tarqalgan audioyozuv haqiqatdan ham Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarovga tegishli ekanligi o‘z tasdig‘ini topgan.

Shuningdek, fuqaro tomonidan aytilayotgan ijara haqqi va uyini tiklash to‘g‘risidagi holat yuzasidan o‘rganishlar davomida fuqaro O.N. istiqomat qiladigan A. Navoiy shox ko‘chasi 57-sonli ikki qavatli uyi snosga tushganligi, hozirgi kunda “Sulton xaus” MCHJ qurilish firmasi tomonidan shu joyga ko‘p qavatli uy-joy majmuasini qurilish ishlari olib borilayotgani sababli fuqaro O.N. ijaraga chiqarilib, unga ijara pullari doimiy ravishda to‘lab kelinayotgani aniqlangan.

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, fuqaro O.N. Andijon shahar hokimiga doimiy ravishda (kunu-tun) 10-15 marotabadan telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirib, 2-xonali 52 kv metrdan iborat bo‘lgan xona joyiga “Sulton xaus” MCHJdan shahar markazidan 400 kv.metrdan iborat bo‘lgan uy-joy va Gentra avtomobili undirib berishni aytib, shahar hokimini doimiy obro‘sizlantirib kelgan.

“Vaholanki fuqaro O.N.ning ushbu xonadonga nisbatan uy-joyga bo‘lgan egalik huquqi mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Aslida esa uy-joy onasining nomida ekanligi va “Sulton xaus” MCHJ qurilish firmasi hamda fuqaro O.N.ning onasi o‘rtasida o‘zaro kelishgan holda yangi qurilayotgan uy-joydan xonadon ajratib berish haqida kelishuvga erishilgan”, deyiladi hokimlik xabarida.

Ta’kidlanishicha, bugungi kun holatiga fuqaro O.N.ning onasi (uyning asl egasi)ga ijara uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan pullar to‘laligicha to‘lab berilgan.

Andijon viloyati hokimligi Bahromjon Haydarov fuqaro bilan muloqoti davomida uni haqorat qilganiga alohida huquqiy baho beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

270

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing