Andijonda hayotdan to‘yganini aytgan ayol binoning 3-qavatidan tushib ketdi
3-sahifa
−
02 noyabr 2023
7376Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida ayol kishi uyning 3-qavatidan o‘zini tashlab yuborgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 27 oktyabr kuni soat 23:30 larda fuqaro N.R.ning viloyat IIBga qilgan murojaati asosida yetib borgan profilaktika inspektorlari Andijon shahar, 3-kichik dahadagi xonadonga yetib kelishganida, fuqaro N.G. uy derazasi tashqi tomoniga chiqib, hayotdan to‘yganini aytib baqirayotgan bo‘lgan.
Xonadon eshigi berkligi sababli viloyat FVBning qutqaruv otryadi xodimlari chaqirtirilib, eshik ochib kirilgan. Derazaning tashqi tomonidagi N.G.dan pastga tushishi so‘ralganda, u ehtiyotsizligi tufayli sirpanib ketib, 3-qavatdan qulagan.
Oqibatda ayol og‘ir tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining viloyat filialiga olib borilgan va tibbiy yordam ko‘rsatilib, hayoti saqlab qolingan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Xonobod shahrida 30 yoshli erkak o‘zini osib qo‘ygandi.
LiveBarchasi