Andijon va Jizzaxda 350,4 mlnlik gaz o‘g‘irlagan “tadbirkor”lar ushlandi
3-sahifa
−
30 may 2022
3855Andijon va Jizzax viloyatlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga jami 350,4 million zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda fuqaro U.D. Andijon shahrida joylashgan qurilishi tugallanmagan binoda tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olib, ohak ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgani natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 217,4 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Shuningdek, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida “K.J.” xususiy korxonasi rahbari Z.M. tuman gaz ta’minoti tomonidan tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan bo‘lishiga qaramasdan, yuqori bosimli tabiiy gaz tarmog‘iga yashirin ravishda ulanib, ohak mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullangan.
Buning oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 133 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi