Andijon shahar XTB boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir fuqaro yana bir fuqaroning ishonchiga kirgan xolatda 8 ming 400 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotganda qo‘lga tushdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.  

Ma’lum qilinishicha, u pullarni fuqaroning Xalq ta’limida ishlovchi tanishlarini atestatsiyadan o‘tkazish, yana ikki nafar tanishini maktab direktori lavozimiga hamda dugonasini maktab direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlash masalasini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish uchun olgan paytida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.   

Tergov jarayonida fuqaro aybiga to‘liq iqror bo‘lgan va u bu pullarning bir qismini Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘iga berishi kerakligi ma’lum qilgan. Shundan so‘ng tezkor tadbirlar davom ettirilgan.  

Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i yuqorida ko‘rsatilgan masalalarni hal qilish uchun fuqarodan 900 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘iga nisbatan jinoyat kodeksining 210-moddasi, fuvaroga esa 168, 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

197

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing