Andijon IIBda fuqaroning o‘lishi bo‘yicha sud boshlandi
Jamiyat
−
11 noyabr 2020
9092Avvalroq, Andijon shahar IIBdan o‘ligi chiqqan fuqaro ishi bo‘yicha tergov harakatlari tugatilib, jinoyat ishi hujjatlari sudga yuborilgani haqida xabar bergan edik. Bugun, 11 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi binosida sud majlisi boshlandi.
Unda sudlanuvchilar:
• D.Hamraliyev (1994 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati – o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, bo‘ydoq, muqaddam sudlanmagan, Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan);
• Q.Qodirov (1992 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati – o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan);
• E.Rayimjonov (1990 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati – o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan);
• F.Husanboyev (1995 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati – o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, bo‘ydoq, muqaddam sudlanmagan, Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan);
• P.Mamajonov (1983 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati – o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan);
• A.To‘raqulov (1983 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati – o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismi navbatchisi vazifasida ishlagan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud boshlandi.
Ushbu jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi O. Arabov raisligida hamda sudyalar Z. Fayziyev va Sh.Rajabovdan iborat sud tarkibida ko‘rilmoqda.
Sudlanuvchilar D.Hamraliyev, Q.Qodirov, E.Rayimjonov, F.Husanboyev, P.Mamajonov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi, 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi, 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi “b” bandi, 234-moddasi (qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) 1-qismi va 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayri insoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) 3-qismida, A. To‘raqulov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi, 234-moddasi 1-qismi va 227-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Andijon shahar Ichki ishlar organlari Faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli ichki ishlar bo‘limi xodimlari fuqaro A.Abdukarimovni noqonuniy ushlab turgan holda iqrorlik ko‘rsatuvi berishga majburlash maqsadida zo‘rlik ishlatib, bosim o‘tkazishgan edi. Oqibatda A.Abdukarimov vafot etgan.
Sud jarayoni davom etmoqda.
LiveBarchasi