Andijon davlat tibbiyot instituti prorektori vafot etdi
Jamiyat
−
25 Sentabr 2020
11043Andijon davlat tibbiyot institutining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, tarix fanlari nomzodi Pattoxon Asxanov kecha, 24 sentyabr kuni 59 yoshida vafot etdi. Bu haqda institut saytida xabar berildi.
Pattaxon Xabibillayevich Asxanov, 1961 yil 25 noyabrda tug‘ilgan, uch farzandning otasi, 36 yildan buyon Andijon davlat tibbiyot institutida faoliyat ko‘rsatgan. Mexnat faoliyatini 1984 yili falsafa kafedrasi kabinet mudirligidan boshlagan Pattoxon Asxanov o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. 2018 yiildan umrining oxirigacha Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimida mehnat qilgan.
Pattoxon Asxanovning olim sifatida 100 dan ortiq ilmiy maqolalari va ilmiy-uslubiy qo‘llanmalari chop etilgan.
“Andijon davlat tibbiyot instituti rektorati, mehnat jamoasi, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi xodimlari Pattoxon Asxanovning vafoti munosabati bilan oila a’zolariga chuqur ta’ziya izxor etadi”, deyiladi xabarda.
Andijon davlat tibbiyot instituti olimning vafoti sababini ma’lum qilmagan.
LiveBarchasi