Andijon, Buxoro va Sirdaryo elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonning uch viloyati – Andijon, Buxoro va Sirdaryo elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda "HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ xabar berdi.

“Andijon HETK” Matbuot xizmatining xabar berishicha, “Podstansiya Andijon” favqulodda himoya ta’sirida 110kV.li Gulshan havo tarmog‘i yuqori fazasida shleyf uzilgan. Buning oqibatida Andijon viloyatining ayrim tumanlarida avtomatik ravishda cheklovlar kiritilgan. 

Ayni vaqtda yuzaga kelgan elektr energiyasidagi uzilishlarni bartaraf etish uchun tezkor ishlar tashkillashtirilgan. 

Yuzaga kelgan muammo bugun tez fursatlarda bartaraf etiladi. Nosozlik sabablari tegishli mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda. 

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Buxoro viloyatida noqulay ob-havo sharoiti tufayli hududdagi elektr tarmoqlari tizimida nosozliklar kelib chiqqan. 

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xamda uning tarkibidagi barcha tuman shahar elektr ta’minoti korxonalari tomonidan yuzaga kelgan uzilishlarni bartaraf etish ishlari tezkor chiqish brigadalari hamda aloqador barcha xizmatlari tomonidan kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Bugun, 22 yanvar soat 15:00 ga qadar barcha hududlarning elektr energiyasi ta’minoti tiklanadi.

“Sirdaryo HETK” Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Sirdaryo viloyatida kuchli shamol, yog‘ingarchilik va qor yog‘ishi kuzatilishi natijasida hududning elektr tarmoqlari tizimida ham nosozliklar kelib chiqqan. 

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli elektr ta’minotida yuzaga kelgan uzilishlarni va vaqtinchalik uzilishlarni bartaraf etish ishlari elektr ta’minoti korxonalari tezkor brigadalari hamda aloqador barcha xizmatlari tomonidan kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Energetika vaziri Alisher Sultonov ushbu haftaning oxiriga kelib, O‘zbekistonda sovuq ob-havoning yangi to‘lqini noldan past haroratgacha tushishi kutilayotganini aytib, mummolarni yengillashtirish, uy-joylar va ish joylarining barqaror energiya va gaz bilan ta’minlashga erishish uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing