O‘zbekistonda dam olish kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi
Bu qiziq
−
04 Oktabr 2019
5534Gidrometeorologiya xizmati markazi 5-8 oktyabr kunlari O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-6 oktyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +20...+25 daraja, 7-8 oktyabrda kechasi +6...+11 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi 5 oktyabrda +20...+25 daraja, 6-8 oktyabrda +22...+27 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, 5 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 6-8 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi 5 oktyabrda +20...+25 daraja, 6-8 oktyabrda +22...+27 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgarib turadi, 5 oktyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, 6-8 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi 5 oktyabrda +8...+13 daraja bo‘ladi, 6-8 oktyabrda +15...+20 darajagacha ko‘tariladi.
LiveBarchasi