Anchelotti “City”ga qarshi javob o‘yinida g‘alaba kaliti nimaligini aytdi

Sport

image

“Real Madrid” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Manchester City”ga qarshi javob uchrashuvida g‘alabaning kaliti yaxshi himoyalanish, deb hisoblaydi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti ma’lum qilgan 

“Birinchi o‘yin “Real” uchun yaxshi bo‘lmagan natija bilan tugadi. Biz to‘rtta gol o‘tkazib yubordik. Yaxshi himoyalana olmadik. Bu hisob qarama-qarshilik taqdirini hal qilishi mumkin. Raqib kuchli va ular buni bugun ko‘rsata olishdi. Biz ularga raqobat namoyish eta olmadik. Yaxshi himoya final kaliti bo‘ladi. To‘rtta himoyachi bilan pozitsiyani yopib bo‘lmaydi. Yarim himoyachilar yordami ham kerak”, degan “Real” ustozi.

Italiyalik murabbiyning qo‘shimcha qilishicha, Benzemani penalti tepish huquqidan mahrum qilish haqida o‘ylab ko‘rmagan.

“Biz yakka kurashlarda yutqazdik va e’tiborliroq harakat qilishimiz kerak edi. Benzemaning penaltisi haqida gapiradigan bo‘lsak, bizda penalti tepuvchini almashtirish fikri bo‘lmadi. Biz Karimga ishonamiz. Barchasi joyida. “Manchester City”juda yaxshi o‘ynaydi. Salbiy holat biz to‘rtta gol o‘tkazib yubordik. Ijobiy holat esa biz uchta gol urdik”, degan Anchelotti.

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 26 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasi yarim finali doirasida “Manchester City” o‘z maydonida Madridning “Real” klubini qabul qildi va 4:3 hisobida o‘ta qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Real” va “City” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 4 may kuni Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing