Anchelotti aytgan gapidan qaytdi

Sport

image

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Tchuameni transferidan keyin, jamoasiga boshqa futbolchi xarid qilmasligini ta’kidlagandi. 

Madrid klubi vakillari “Real Sosedad” rahbariyatidan hujumchi Aleksandr Isak bilan bog‘liq vaziyatdan xabardor qilib turishlarini so‘radi.

OAVda madridliklar Isak bo‘yicha taklif bilan chiqmoqchi ekani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi, keyin esa poytaxt klubi tarkibdagi futbolchilarga ishonch bildirishga qaror qildi.

Biroq, “Mundo Deportivo” nashri “Real” yaqinda jamoani tark etgan serbiyalik Luka Yovich o‘rnini shvetsiyalik hujumchi bilan to‘ldirmoqchi deb xabar berdi. Agar boshqa klublar tomonidan unga qiziqish bo‘lsa, “qaymoqranglilar” futbolchi uchun kurashga kirishishga tayyor.

“Transfermarkt” portali Isakni 30 million yevroga baholamoqda. 22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda “Sosedad” tarkibida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing