Ana xolos! Artur Taymazov urushga boradi.

Sport

Erkin kurash bo‘yicha 2004 yilgi Olimpiada chempioni, Rossiya Davlat dumasi deputati Artur Taymazov Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyalarda ishtirok etishga qaror qildi. Bu haqda Wargonzo loyihasining Telegram kanalida xabar berildi.
 
Xabarga ko‘ra, Taymazovning tanlovi ko‘pchilikni hayratda qoldirgan. Sportchi faoliyatining katta qismini erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasida o‘tkazgan.

2004 yilgi Olimpiya o‘yinlaridan tashqari, kurashchi 2008 va 2012 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ham oltin medallarni qo‘lga kiritgan, biroq keyinchalik doping-testlarida taqiqlangan moddalar topilgani sababli u ikkita medaldan mahrum qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Artur Taymazovning akasi Timur Taymazov Ukraina terma jamoasi tarkibida og‘ir atletika bo‘yicha 1996 yilgi Olimpiya o‘yinlarida chempion bo‘lgan.

Avvalroq, ko‘plab boshqa rus sportchilari ham harbiy operatsiyalarga jalb qilingani ma’lum bo‘lgandi.

Namanganning "Navbahor" klubida to‘p tepayotgan himoyachi Rustam Ashurmatov faoliyatini Rossiyaning "Rubin" klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Metaratings.ru sayti xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Ashurmatov rus klubi bilan uch yarim yillik shartnoma imzolagan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi "Rubin"ga erkin agent sifatida qo‘shiladi.  Joriy mavsumda Rustam Ashurmatov "Navbahor" safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Navbahor"dan tashqari "Bunyodkor", "Qo‘qon-1912", "Kvanju" va "Kanvon" klublarida to‘p surgan. "Kvanju" klubi safida himoyachi 2018-2019 yilgi mavsumda Koreya ikkinchi ligasining bosh sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

Bodibilding bo‘yicha Osiyo va Jahon chempioni Alena Nurayeva vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federatsiyasi ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, sportchi oqqon kasalligi bilan kasallangan. 

“Sizni ajoyib shaxs va sportchi sifatida eslab qolamiz! Barcha oila a’zolari va do‘stlarga samimiy hamdardlik bildiramiz”, deyiladi federatsiya xabarida.

Ma’lumot uchun, Nurayeva o‘z faoliyati davomida turli musobaqalarda ishtirok etib 9 ta oltin va 4 ta kumush medalga ega chiqqan.

Quvonchbek G‘aybullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing