Ana bo‘lmasa: Navalniyning advokati ham hibsga olindi
3-sahifa
−
27 fevral
11579Navalniyning advokati Vasiliy Dubkov ham hibsga olindi. Bu haqda "Novaya gazeta" o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, advokat o‘tgan hafta Navalniyning onasi bilan marhumning jasadini olish uchun Salexardga birga borgan edi. U jamoat tartibini buzganlikda ayblanmoqda. Hozircha Dubkovga qo‘yilgan ayblov rasman o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q.
O‘tgan hafta marhum muxolifatchining onasi Lyudmila Navalnaya o‘g‘lining jasadini oilasiga qaytarib berishni talab qilganida advokat uning yonida turgan.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning oktyabr oyida Navalniyning uch nafar advokati Aleksey Lipser, Igor Sergunin va Vadim Kobzev “ekstremistik jamiyat”da ishtirok etganlik ayblovi bilan tergov izolyatoriga jo‘natilgandi. Muxolifatchining vaqtida mamalakatni tark etgan yana ikki himoyachisi Olga Mixaylova va Aleksandr Fedulov sirtdan hibsga olinib, xuddi shu ish bo‘yicha qidiruvga berilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchi koloniyadagi ma’lumotlarni o‘z safdoshlariga advokatlari orqali yetkazib turgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Aleksey Navalniyning jasadi onasi Lyudmila Ivanovnaga topshirilgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi