Amudaryoga o‘zini tashlagan ayolni qutqarishdi
Jamiyat
−
11 Oktabr 2019
4893Kecha, 10 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘riqlanayotgan Amudaryo ustidagi toifalangan “Qipchoq ponton ko‘prigi”dan noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini suvga tashlagan ayolning hayoti saqlab qolindi.
Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 10 oktyabr kuni soat 11:30larda “Cobalt” rusumli avtomashinadan noma’lum ayol kishi ko‘prik oldida tushib qolib, o‘zini daryoga tashlagan. Ko‘prik hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari bu holatni ko‘rib, zudlik bilan cho‘kayotgan ayolni suvdan olib chiqqan.
Tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati hamda tuman IIB navbatchilik qismi voqea joyiga yetib kelguniga qadar Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi