3 mashina ishtirokidagi YTH bobo va nabirani hayotdan olib ketdi 

3-sahifa

image

Kecha, 1 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida Lifan, Nexia va Isuzu avtomobillari ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. YTH oqibatida Nexia rusumli avtomobilning yo‘lovchisi va uning 4 yoshli nabirasi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, voqea soat 18:00 atrofida Respublikaning Amudaryo tumani hududidan o‘tuvchi 4-R181 “Kipchoq-Mang‘it-Turkmaniston” avtomobil yo‘lining 12-13 kilometrlari oralig‘ida sodir bo‘lgan.

YTHga 1968 yilda tug‘ilgan haydovchi U.Yu. Lifan rusumli yuk tashuvchi mototsiklda harakatlanayotib, keskin ortga burulishi sabab bo‘lgan. Mototsikl ortidan harakatlanib kelayotgan 1956 yilda tug‘ilgan haydovchi K.B. boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashgan va buning oqibatida Nexia qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Shundan so‘ng, Nexia 1963 yilda tug‘ilgan haydovchi F.M. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.

Buning oqibatida, Nexia rusumli avtomobil yo‘lovchisi 1960 yilda tug‘ilgan A.R. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida va uning 2017 yilda tug‘ilgan nabirasi B.R. shifoxonada vafot etgan. Ushbu avtomobil haydovchisi K.B. va yana ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur YTH yuzasidan Amudaryo tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

163

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing