Ammandagi sammit Falastindagi urush olovini o‘chira olmaydi – Iordaniya

Olam

image

Iordaniya, AQSH, Falastin va Misr rahbarlarining Ammanda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan sammiti Yaqin Sharqdagi urushni to‘xtatishga qodir emasdi. Shuning uchun ham u bekor qilindi. Bu haqda Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Ayman Husayn Abdulloh as-Safadiy bayonot berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Iordaniya rahbariyati Falastin va AQSH vakillari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng bu sammitni o‘tkazmaslikka qaror qilgan. 

"Biz sammit orqali urushning oldini olish, falastinliklarning insoniy qadr-qimmatini hurmat qilish va ularga munosib yordam berishni xohlaymiz", degan vazir.

As-Safadiyning qo‘shimcha qilishicha, yig‘ilishni o‘tkazishdan bosh tortishga Isroilning G‘azo sektorida Falastin xalqiga qarshi davom etayotgan qirg‘inlari sabab bo‘lgan. Shuningdek, vazir G‘azo sektoridagi Al-Ahli kasalxonasiga yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan hujum uchun Isroilni javobgar deb hisoblashini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 oktyabr kuni tunda G‘azo sektoridagi Al-Ahli shifoxonasiga hujum qilinishi oqibatida 800 kishi halok bo‘lgandi. Ushbu hujum fonida AQSH Prezidenti Jo Bayden ham Iordaniyaga tashrifini qoldirgandi. Falastin Prezidenti Mahmud Abbos ham Al-Ahli shifoxonasiga qilingan hujum munosabati bilan Iordaniyaga tashrifini to‘xtatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing