Amir Temur xiyobonida nimalar bo‘ldi? IIBB izoh berdi
Jamiyat
−
14 iyul 2021
27238Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida ko‘plab fuqarolar to‘planganligi aks etgan videotasvirlar tarqaldi. Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, kecha, 13 iyul kuni taxminan soat 22.30 larda Toshkent shahriga Instagram va Youtube ijtimoiy tarmoqlarida “Subo” nomi bilan tanilgan bloger – 1999 yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi Mamedov Subxan Murad o‘g‘li kelgan. Bundan oldinroq u o‘zining sahifasida tez orada Toshkentda bo‘lishini va obunachilari bilan uchrashib, ularga pul tarqatishini ma’lum qilgan. Poytaxtning Amir Temur xiyobonida Mamedov S.ni kutib olish uchun 150-200 ga yaqin fuqarolar yig‘ilgan.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda epidemiologik vaziyatni inobatga olib, mamlakatda karantin cheklovlari o‘rnatilganligi sababli, ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan fuqarolarga karantin qoidalariga rioya etishlari hamda ommaviy ravishda to‘planmasliklari tushuntirilgan va fuqarolar tarqatilgan.
Shundan so‘ng bloger Mamedov S. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Mazkur voqeada qonun buzilishi holatlari va tartibsizliklar yuz bermagan.
LiveBarchasi