Amerikalik jurnalist Ukrainada otib o‘ldirildi

Olam

image

Ukrainaning Irpen shahrida amerikalik jurnalist Brent Reno mamlakatdagi vaziyatni yoritayotgan vaqti halok bo‘ldi. U askarlar tomonidan otib o‘ldirilgan. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashchenko o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Bosqinchilar hatto Ukrainadagi vaziyatni yoritayotgan xalqaro jurnalistlarini ham vahshiylarcha otib o‘ldiryapti. Bugun Irpen shahrida dunyoga mashhur “The New York Times” nashrining 51 yoshli muxbiri otib tashlandi”, deydi u.

Kiyev politsiya boshqarmasi boshlig‘ining qayd etishicha, rossiyalik harbiylar Irpen shahrida xorijlik jurnalistlar bo‘lgan mashinaga qarata o‘t ochgan. Oqibatda 51 yoshli Brent Reno halok bo‘lgan. Yana ikki muxbir yaralangan.

“The New York Times” vakili Kliff Levi jurnalistning o‘limi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Unga ko‘ra, Brent Reno ko‘p yillar davomida mazkur gazetada ishlagan, ammo Ukrainadagi faoliyati nashrga bog‘liq bo‘lmagan. 

Qayd etilishicha, Reno akasi Kreyg bilan birgalikda mojaro zonalarida, jumladan Iroq va Afg‘onistonda filmlar suratga olgan. Uning ishi nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1482

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing