Amerikalik tadbirkorning noutbukini yo‘qotishi 561 mln dollarga tushdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Soxta yangiliklar va fitna nazariyalariga ixtisoslashgan "InfoWars" saytining asoschisi, amerikalik tadbirkor Aleks Jons ichida 10 mingta bitkoin saqlanadigan noutbukini yo‘qotib qo‘ygan. U bu haqda "Flagrant 2"ga bergan intervyusida gapirib bergan. 

Unga ko‘ra, u kriptovalyutalarni 2011 yilda teleboshlovchi Maks Kayzerdan sovg‘a sifatida olgan. 

O‘sha paytda bitkoinning narxi 5 dollardan kam bo‘lgan. 

Amaldagi valyuta kurslari bo‘yicha tadbirkorning yo‘qotgan bitkoinlari qiymati 561 million dollarga baholanmoqda. 

Bitkoin – bu blokcheyn texnologiyasiga asoslangan, shu tizimda ishtirok etuvchi har qanday foydalanuvchi tomonidan “qazib olinishi” (chiqarilishi) mumkin bo‘lgan kriptovalyuta. Buning uchun tizimning yangi bloklarini yaratish kerak bo‘ladi. 

Tizimning konsepsiyasi 2008 yil noyabr oyida o‘zini Satoshi Nakamoto deb tanishtirgan muallif (balki, mualliflar jamoasi) tomonidan chop etilgan. Lekin bitkoin mashhurligining eng yuqori darajasi so‘nggi yillarda qayd etilgan. Hozirgi paytga kelib ko‘pgina bitkoinlar allaqachon “qazib olingan” hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

bitkoin Aleks Jons

Baholaganlar

280

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing