Amerikalik olimlar cho‘chqani o‘lganidan bir soat o‘tib, tiriltirdi
Olam
−
04 avgust 2022
28899Yel universiteti olimlari yangi texnologiya yordamida o‘lganiga bir soat bo‘lgan cho‘chqaning qon aylanishi va ichki organlarini tikladi. Bu haqda “Nature” nashri yozmoqda.
Tajriba davomida olimlar cho‘chqalarning yurak urishini sun’iy to‘xtatgan. Bir soat o‘tgach, tana yurak va o‘pka o‘rnini bosadigan mashinaga ulangan. Hayvonga asta-sekin OrganEx eksperimental suyuqligi yuborilgan, u to‘qimalarning yaxlitligini saqlab qolib, hujayra o‘limini to‘xtatgan va asosiy organlarning faoliyatini tiklagan.
"Bu haqiqatan ham muhim tadqiqot. Bu shuni ko‘rsatadiki, vafot etganidan keyin sut emizuvchilarning (shu jumladan odamlar) organlaridagi hujayralar ko‘p soatlar davomida o‘lmaydi. Ilmiy nuqtai nazardan, o‘lim davolash mumkin bo‘lgan biologik jarayondir. Bir necha soat ichida qaytarilishi mumkin”, deydi Grossman tibbiyot maktabining intensiv terapiya sohasidagi tadqiqot direktori Sem Parniya.
Qayd etilishicha, olimlar yurak, jigar va buyrak hujayralarining ma’lum funksiyalari olti soatdan keyin to‘liq tiklanganini aniqlagan.
Maqolada operatsiya qilingan cho‘chqalarning taqdiri qanday bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot natijalari o‘lganlarning transplantatsiya uchun qo‘llaniladigan donor organlarini saqlab qolishga yordam beradi. Shuningdek, qon quyqalari yoki ko‘p miqdorda ichki qon ketish natijasida yurak to‘xtab qolganidan keyin odamni jonlantirish va a’zolar faoliyatini tiklashi mumkin.
LiveBarchasi