Amerikalik qizcha bir necha asrlar oldin yo‘qolib ketgan akula tishini topdi

Bu qiziq

image

AQSHning Merilend shtatida yashovchi 9 yoshli Molli Sampson ayni shu shtatdagi Calvert ko‘rfazidan uzoq asrlar oldin yo‘qolib ketgan ulkan akula-megalodon tishini topib oldi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Yirtqich tishining uzunligi 13 sm bo‘lib, hozirga qadar topilganlari orasida eng kattalaridan biridir. Olimlarning aytshicha, bu megalodonning uzunligi 15 metrni tashkil qilgan. Bu tish hozirda “Calvert“ dengiz muzeyida saqlanmoqda. Muzey xodimi Stefen Godfrining so‘zlariga ko‘ra, bu hajmdagi megalodon tishini topish uchun o‘z umrini sarflagan olimlar bo‘lgan, ammo ular bunday natijaga erisha olmagan. Shu paytga qadar bu ko‘rfazdan 100 ga yaqin megalodon tishlari topilgan, biroq hech biri bunday kattalikda bo‘lmagan.

Ma’lumot uchun, megalodon qirilib ketgan akula turi hisoblanadi. Eng qadimgi megalodon qoldiqlari ularning taxminan 28 million yil oldin paydo bo‘lganini ko‘rsatgan. Megalodon barcha davrlarning eng katta yirtqich baliqlaridan biri bo‘lib, uning o‘lchamini aniqlash qiyin, ammo ko‘p sonli tishlar va toshga aylangan umurtqalar bilan ifodalangan qazilma qoldiqlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, uning maksimal uzunligi 15 metrgacha, vazni esa 35 dan 47 tonnagacha bo‘lgan. Ulkan akulaning tishlari qalin va mustahkam bo‘lib, o‘lja suyagini sindirish uchun mo‘ljallangan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing