Eron koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib oldi

Olam

image

Hozircha, Xitoydan tashqarida eng ko‘p o‘lim holati Eronda kuzatildi. Kecha 22 fevral kuni mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq oltinchi o‘lim holati qayd etildi.  Shuning uchun o‘nlab provinsiyalarning ma’murlari kasallik tarqalishining oldini olish uchun maktablar, universitetlar va madaniy markazlarni yopish to‘g‘risida buyruq berdilar.

Bugungi kunga qadar Eronda virus bilan bo‘gliq 28 ta holat aniqlangan. Virus sabab o‘lganlarning barchasi Eron fuqarolari ekanligi aytilmoqda. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda paydo bo‘lgan yangi koronavirus qurbonlari soni 2 462 nafarga yetgan. Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni esa 78 773 nafarga yetdi. Bemorlarning 76,936 nafari Xitoyda qayd etilgan. 

Koronavirusdan davolanganlar soni 23 253 nafarga yetdi. Bemorlarning 11 553 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanyapti.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

538

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing