Amerikalik bokschi akasi tomonidan otib o‘ldirildi

Sport

image

Amerikalik professional bokschi Isayya  Jons akasi tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda “The Ring” nashri Jonsning sobiq murabbiyi Roshon Jonsga tayanib xabar bermoqda. 

Roshonning so‘zlariga ko‘ra, bokschi va uning akasi o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Shundan so‘ng, akasi Jonsga o‘q uzgan.

Detroyt politsiya departamenti 28 yoshli bokschining qarindoshi tomonidan otib o‘ldirilganini tasdiqlagan. Biroq hozircha voqea haqida boshqa tafsilotlar ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Isayya Jons professional faoliyati davomida 16 ta jang o‘tkazib, 9 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U uchta jangda nokaut bilan g‘alaba qozongan. Jons professional faoliyatini 2016 yilda boshlagan va Roshon Jons qo‘l ostida dastlabki sakkizta jangda g‘alaba qozongan. Biroq boshqa murabbiyga o‘tganidan so‘ng keyingi sakkizta jangning yettitasida mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isayya  Jons

Baholaganlar

462

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar