Amerikalik aktyor Yafet Kotto vafot etdi 

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik aktyor Yafet Kotto kecha, 15 mart kuni 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning rafiqasi Tessi Sinaxon ma’lum qilgan. 

Kotto va Sinaxon 24 yil avval turmush qurgandi. Artistning o‘limi sababi hozircha ma’lum qilinmagan. 

Sinaxonning so‘zlariga ko‘ra, Kottoning o‘limi u uchun kutilmagan voqea bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, Yafet Kotto diniy tashkilot tuzishni, bir nechta intervyular berishni va kitob yozishni rejalashtirib yurgan. 

Shuningdek, u aktyor Tom Kruz bilan birga noma’lum loyihada ishtirok etish uchun takliflar olgan. 

“Ba’zan siz yovuz odamlar obrazini gavdalantirardingiz, lekin men va boshqalar uchun haqiqiy qahramon edingiz: yaxshi odam, yaxshi ota, yaxshi er va munosib inson”, degan aktyorning bevasi. 

Ma’lumot uchun, Yafet Kotto “Begona”, “Yugurayotgan odam” va boshqa bir qator filmlarda suratga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yafet Kotto

Baholaganlar

81

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar