Amerikalik 13 yoshli bola cho‘qqidan yiqilib, omon qoldi

Bu qiziq

image

Amerikaning Shimoliy Dakota shtatida yashovchi 13 yoshli Uayatt Kauffman ismli bola ekskursiya chog‘ida kanonning (tuproq eroziyasi natijasida paydo bo‘lib tog‘lar tizmasi) shimoliy qismidagi 30 metrlik cho‘qqidan yiqilib, omon qoldi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

U deyarli 30 metr balandlikdan qulagan. Bolani qutqarish uchun tez yordam ikki soat vaqt ichida yetib kelgan. Unga to‘qqizta umurtqa suyagining sinishi, taloq yorilishi, o‘pka siqilishi, miya chayqalishi, qo‘l sinishi hamda barmoq chiqib ketishi holatlari tashxisi qo‘yilib, davolanish uchun samolyot bilan Las-Vegas kasalxonasiga yetkazilgan. Unga 12 avgust kuni shifoxonadan uyiga ketishga ruxsat berilgan.

"Boshqalar suratga tushishi uchun men chetroqqa turgandim. Cho‘kkalab, bir qo‘lim bilan toshni ushlab olgan paytim hushimni yo‘qotib, orqaga yiqila boshladim. Uyg‘onganimni eslayman, tez yordam mashinasida edim. Vertolyotdan samolyotga olib o‘tishdi va kasalxonaga olib kelishdi”, deydi Uayatt Kauffman.

Bolaning otasi Brayan Kauffman o‘g‘li yiqilib, uni qutqarib olishganidan xabar topganida uyda bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bola onasi bilan ekskursiyaga chiqqan.

Park xodimlarining ogohlantirishicha, bola yiqilib tushgan joy mashhur va go‘zal manzaraga ega bo‘lsada, tor va tik qoya hisoblanadi.

Bundan tashqari, joriy yilning 12 avgust kuni Vayoming shtatidagi “Grand Teton” milliy bog‘ida piyoda sayr qilayotgan ayol tog‘dan qulab tushib, voqea joyida halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing