Amerikaga ketayotganlar diqqatiga! AQSH mamlakatga kirish bo‘yicha yangi talablarni o‘rnatdi
Bu qiziq
−
16 noyabr 2022
22627Amerika Qo‘shma Shtatlari sayohatchilar mamlakatga kirishlari uchun qoidalarni o‘zgartirdi. Unga ko‘ra, mamlakat hududiga kirayotgan fuqarolar COVID-19 ga qarshi emlangani haqida ma’lumotnomaga ega bo‘lishi shart. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 8 noyabridan boshlab AQSHning Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi (Centers for Disease Control and Prevention, CDC) va Transport xavfsizligi boshqarmasi (Transportation Security Administration, TSA) buyrug‘iga binoan Amerika Qo‘shma Shtatlariga kelayotgan 2 yoshdan yuqori bo‘lgan barcha yo‘lovchilar COVID-19 ga qarshi emlanganligi to‘g‘risidagi yoki emlanishdan ozod qilinganligi haqidagi anketani to‘ldirishlari shart.
Immigrantlar va AQSH fuqaroligiga ega yo‘lovchilar bundan mustasno.
Mazkur anketa havo kemasiga chiqishdan oldin aviakompaniya vakillariga taqdim etilishi lozim.
Anketani to‘ldirmaslik, noto‘g‘ri va yolg‘on ma’lumotlarni keltirish reysning kechikishiga, yo‘lovchining parvozdan chetlashtirilishiga va kelajakda AQSHga kirishga ruxsat berilmasligiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, bunday yo‘l tutgan hamda anketa talablarini bajarmagan har bir yo‘lovchi AQSHning federal qoidalariga ko‘ra jinoiy va qamoq jazosiga tortilishi mumkin.
LiveBarchasi