Saida Mirziyoyeva 5 taklifni o‘rtaga tashladi
Jamiyat
−
29 may 2019
6823Xabaringiz bor, kecha, 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ҳузуридаги Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan “OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika konferensiyasi tashkil etilgan edi. Unda agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva so‘zga chiqib, mamlakatda ommaviy axborot vositalari sohasini rivojlantirishda amalga oshirilishini kechiktirib bo‘lmaydigan 5 taklifni o‘rtaga tashladi.
Ular quyidagilar:
Birinchi, davlat organlarining axborot siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida yagona davlat axborot siyosati to‘g‘risidagi Konsepsiya qabul qilinadi.
Ushbu huquqiy hujjat tegishli vazirlik va idoralarning axborot sohasidagi faoliyatining aniq yo‘nalish, vazifa va vakolatlari hamda majburiyatlarini belgilab beradi.
Ikkinchi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning jamoatchilik bilan aloqalarini tubdan takomillashtirish hamda axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ги O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini qabul qilinadi.
Ushbu qaror лойиҳаси ishlab chiqilgan va hozirgi vaqtda keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.
Unda ilk bor axborot xizmatlarining asosiy vazifalari, vakolatlari, majburiyatlari, matbuot kotiblarining tashkilotdagi o‘rni va maqomi, moddiy-texnik va молиявий ta’minoti, shart-sharoitlari, malaka oshirish imkoniyatlari tubdan yaxshilanib, huquqiy kafolatlanmoqda.
Jumladan, Axborot xizmati rahbarining maqomini oshirish, uni davlat organi rahbarining maslahatchisiga aylantirish, ish haqi, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi bo‘yicha rahbar o‘rinbosariga tenglashtirish taklif etilmoqda.
Uchinchi, O‘zbekistonning imiji va nufuzini xalqaro maydonda oshirish bo‘yicha mutlaqo yangi mexanizm yaratish, ya’ni respublikaning chet eldagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalarida mavjud press-attashe lavozimlarini axborot ishi bo‘yicha maslahatchi lavozimiga o‘zgartiriladi.
Loyihada axborot xizmatining vazifalari aniqlashtirilgan. Ya’ni bunda veb-сайтни yuritish, ommaviy axborot vositalari uchun tadbirlar tashkil etish kabi umumiy vazifalar qatoriga tashkilotlar imijini shakllantirish va rivojlantirish, davlat organlari haqida jamoatchilik fikrini o‘rganish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish kiritilmoqda.
Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari va internet tarmog‘ida e’lon qilingan hamda aholining keng muhokamasiga sabab bo‘layotgan chiqishlarga tezkor munosabat bildirish kabi aniq vazifa va yo‘nalishlar qo‘shilmoqda.
To‘rtinchi, Axborot xizmatlari davlat organlari va boshqa tashkilotlarning markaziy аппарати, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida kamida to‘rt nafar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bo‘ysinuvidagi tashkilotlar va hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) hokimliklarida kamida ikki nafar xodimdan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Shuningdek, keyinchalik davlat mukofotlariga tavsiya qilish, boshqa shakldagi taqdirlash va rag‘batlantirish maqsadida axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari va reyting tizimi ham ishlab chiqiladi.
Beshinchi, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yangi fakultet hamda matbuot kotibi tayyorlash bo‘yicha magistratura yo‘nalishini tashkil etiladi.
Axborot xizmatlari rahbarlari va xodimlari malakasini мунтазам oshirib borish, ularga sohaga oid zamonaviy tendensiyalar va bilimlarni yetkazib berish maqsadida Prezident ҳузуридаги Davlat boshqaruvi akademiyasida har ikki yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarida o‘quvlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
LiveBarchasi