Amerika orzusi: “Shuhratim Gulnora Karimovaga bog‘liq bo‘lmagan” AQSHda pitssa tashib, taksichilik qilgan Ravshan Hakimov bilan intervyu

Intervyu

Turli yillarda, turli xil sabablar bilan qator san’atkorlar, madaniyat va san’at sohasining atoqli vakillari, jurnalistlar, sportchilar, shifokorlar va boshqa-boshqa kasb egalari O‘zbekistonni tark etishadi. Aksariyat holatlarda ularning ikkinchi manzili sehrli diyor deya atalmish Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ladi. Otabek Madrahimov, “Setora” guruhi solisti Feruza Latipova, aktrisa Yulduz Hamidova, O‘zbekiston xalq artisti Muhabbat Shamayeva, aktyor Ulug‘bek Qodirov... Yaxshi daromad qidirib, Amerikaga ketgan taniqli san’atkorlar ro‘yxatini uzoq davom ettirish mumkin. Ular orasida 2013 yilgacha yuqori reytinglarda bo‘lgan va Gulnora Karimova ishi ortidan yopilgan “TV Markaz” telekanali boshlovchisi Ravshan Hakimov ham bor. 

Uni mashhur qilgan telekanal faoliyatini to‘xtatgach, 2015 yilda ma’lum vaqt “Toshkent” telekanalida faoliyat olib borgan Hakimov 2017 yildan buyon Amerika Qo‘shma Shtatlariga istiqomat qilmoqda. QALAMPIR.UZ muxbiri videokonferensaloqa orqali Ravshan Hakimov bilan suhbatlashib unga qator savollar bilan yuzlandi.

Mazkur suhbatda Ravshan Hakimov quyidagilar haqida so‘z yuritdi:

• O‘zbekistondan xorijga ketishiga nima sabab bo‘lgani;

• Amerika 80% insonning tarbiyasiga salbiy tasir ko‘rsatishi;

• Amerikada pitssa tashigani va taksichilik qilgani;

• Gulnora Karimova qamalganidan so‘ng nima uchun tergov qilingani;

• Yulduzlik kasalligiga chalingan yillari;

• O‘zbekistondagi xususiy kanallarning prodyuserlari bilan gonorarni kelisha olishmagani

• O‘zbekistonga qachon qaytishi.

Ushbu videointervyuni QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

647

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing