“Amerika oxirgi o‘rinda”. Tramp Baydenning siyosatini ta’rifladi
Olam
−
01 mart 2021
4163AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Florida shtatidagi konservativ respublikachilar konferensiyasida so‘zga chiqib, amaldagi Prezident Jo Baydenning ish boshlagan birinchi oyidagi siyosatini tanqid qildi.
“U allaqachon, oilalar, chegaralar, energetika, ayollar va ilm-fanga qarshi ekanligini ko‘rsatdi”, deydi Tramp.
Uning fikriga ko‘ra, Baydenning siyosatini “Amerika oxirgi o‘rinda” iborasi bilan tavsiflash mumkin. Tramp, shuningdek, Baydenning Vashingtonning dunyo muammolariga ko‘p tomonlama munosabati haqidagi bayonoti haqida salbiy fikr bildirdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari butun dunyodagi muammolarni hal qilishga qodir emas, deydi Tramp.
Eks-prezident AQSHning Jahon savdo tashkiloti bilan aloqalari rivojlanib borayotganini aytib, uni “muvaffaqiyatli taslim bo‘lish” deb atadi, shuningdek demokratlarni “Xitoyning qo‘g‘irchoqlari” deya ta’rifladi.
Bundan tashqari, Tramp Bayden boshchiligidagi Qo‘shma Shtatlar energetika sohasidagi mavqeini allaqachon yo‘qotib qo‘yganligi va tez orada mamlakat Rossiyadan olinadigan neftga bog‘lanib qolishi haqida fikr bildirdi.
“Radikal demokratlar siyosati ostida benzin narxi saylovlardan so‘ng allaqachon 30 foizga ko‘tarilgan. Endi biz Rossiya va Yaqin Sharqdagi neftga umid bog‘laymiz” dedi o‘zining prezidentligi davrida Qo‘shma Shtatlar energetik super kuch bo‘lganini qo‘shimcha qilib.
LiveBarchasi