Amerika kompaniyasi “Milan”ni sotib olish arafasida
Sport
−
21 may 2022
2491Amerikaning “RedBird Capital Partners” sarmoyaviy kompaniyasi Italiyaning “Milan” klubi uchun kurashda Bahraynning “Investcorp” kompaniyasini ortda qoldirdi. Bu hada “MilanNews” nashri xabar berdi.
“Investcorp” “Milan” uchun 1,18 milliard yevro taklif qildi. Amerikaliklar esa “rossonerilar”ga egalik qiluvchi “Elliott Management”ga 1,3 milliard yevro to‘lashga tayyor. Ular klub sotib olingan taqdirda yana 500 million yevroni yangi stadion qurishga sarflamoqchi.
Agar kelishuv amalga oshsa, hozirgi egalari, “Elliott Management” jamg‘armasi "Milan"ning ta’sir kuchi kam aksiyadorlaridan biri bo‘lib qoladi.
Ma’lumot o‘rnida, “RedBird Capital Partners” “Liverpul” va “Boston Red Sox” beysbol klubiga egalik qiluvchi “Fenway Sports Group” kompaniyasiga investor hisoblanadi. Shuningdek, “RedBird Capital Partners” Fransiyaning “Tuluza” futbol klubi aksiyalarining nazorat paketiga ham egalik qiladi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi