Amerika BMTni KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi
Olam
−
26 mart 2022
7517Amerika Qo‘shma Shtatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashiga qit’alararo ballistik raketa uchirilganidan keyin Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar rejimini kuchaytirish bo‘yicha rezolyutsiya taqdim etadi. Rossiya bu taklifga qarshi chiqdi.
“KXDR tobora ko‘proq xavfli provokatsiyalarni amalga oshirar ekan, Qo‘shma Shtatlar Xavfsizlik Kengashiga sanksiyalar rejimini yangilash va kuchaytirish bo‘yicha rezolyutsiyani taqdim etadi”, deydi AQSHning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild.
Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDRga nisbatan xayrixohlik siyosati va sanksiyalarni yumshatish tashabbuslari KXDR xatti-harakatlarida o‘zgarishlarga olib kelmadi, shuning uchun sanksiyalarni yumshatish emas, balki ularni amalga oshirish vaqti keldi.
“Men hamkasblarimni rezolyutsiya matni ustida ishlashga konstruktiv yondashishga chaqiraman. Bu ikki tomonlama emas, balki mintaqaviy masala”, deydi u.
Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Anna Evstigneyevaning ta’kidlashicha, Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaga nisbatan cheklovlarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan, biroq Pxenyanning ijobiy signallarini e’tiborsiz qoldirgan. Koreya yarim orolidagi hozirgi vaziyat asosan KXDRga qarshi ko‘plab sanksiyalar joriy etilgani tufayli yuzaga kelgan.
“Afsuski, hozirgacha Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaning ijobiy signallarini e’tiborsiz qoldirib, cheklovlarni kuchaytirdi, xolos”, deydi Evstigneyeva xonim.
Eslatib o‘tamiz, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning bevosita buyrug‘i bilan 24 mart kuni yapon dengizi tomonga noma’lum raketani uchirgan. Shimoliy Koreya raketasi taxminan 1 100 km masofani bosib o‘tgan, 70 daqiqa parvoz qilgan va maksimal balandligi 6000 kilommetrdan oshgan.
LiveBarchasi