Amazon dunyoning eng qimmat brendiga aylandi

Texnologiya

image

Amerikaning Amazon kompaniyasi dunyoning eng qimmat brendlari reytingida Apple’ni ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. Buyuk Britaniyaning “Brand Finance” konsalting kompaniyasi bu bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi va natijalarni o‘zining saytida e’lon qildi.

“Amazon’ning 2022 yilda brend qiymati 15 foizga, ya’ni 350,3 milliard dollardan 299,3 milliard dollarga tushib ketganiga qaramay, yana yetakchilikni qo‘lga kiritdi”, deyiladi hujjatda. 

Aniqlik kiritilishicha, “brend kuchi” ko‘rsatkichi qiymatining pasayishi 41,2 milliard dollarni tashkil etgan, korporatsiya brendi “tashqi omillarning o‘zgarishi” tufayli yana 13,7 milliard dollar yo‘qotgan, biroq kompaniyaning savdo natijalari ijobiy bo‘ldi va yo‘qotishlarni biroz bo‘lsada – 3,9 milliard dollarini qopladi.

Umuman olganda, dunyoda koronavirus cheklovlarining olib tashlanishi oflayn xaridlarni tiklashga olib keldi, bu ham Amazon xizmatlariga nisbatan talabning biroz pasayishiga sabab bo‘ldi.

Brand Finance tahlilchilari, shuningdek, iPhone seriyali smartfonlari va iOS operatsion tizimida ishlovchi boshqa qurilmalari bilan mashhur bo‘lgan o‘tgan yilgi yetakchi Apple kompaniyasining brend qiymati hisobot davrida 16 foizga, ya’ni 355,1 dan 297,6 milliard dollarga kamayganiga ham aniqlik kiritdi.

Bu gal Apple reytingda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bunga kompaniya ta’minotchilarining ehtiyot qismlarni yetkazib berishdagi kamchiliklari va mehnat bozoridagi taqchillik tufayli kompaniya daromadining kamayishi sabab bo‘ldi. Britaniyalik ekspertlarning fikricha, bu holat Apple’ning asosiy mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatini cheklaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Amazon Amerika kompaniyasi bo‘lib, elektron savdo bilan shug‘ullanuvchi platforma hisoblanadi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing