Amanda Nunesning chempionlik kamari vakant bo‘lib qoldi
Sport
−
11 iyun 2023 4154 1 daqiqa
Kanadada bo‘lib o‘tgan UFC 289 turnirida eng yengil vazndagi chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan braziliyalik Amanda Nunes MMA'dagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda sportchining o‘zi jangdan so‘ng UFC oktagonida ma’lum qildi.
Bugun, 11 iyun kuni UFC tashkilotinig navbatdagi raqamlangan 298 turniri markaziy jangida meksikalik Iren Aldanaga qarshi chempionlik himoya jangini o‘z foydasiga hal qilgan braziliyalik Amanda Nunes bahs yakunida sportdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Endilikda unga tegishli bo‘lgan eng yengil hamda yarim yengil vazn toifalaridagi UFC chempionlik kamarlari vakant bo‘lib qoldi.

Ma’lumot uchun, Amanda faoliyati davomida 28 ta jang o‘tkazib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan va 5 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yengil vaz toifasida chempionlik jangiga davogar unvoni uchun amerikalik Benil Dariush bilan kechgan bahsda braziliyalik sobiq chempion Charlz Oliveyra muddatidan oldin g‘alaba qozongani haqida xabar berilgandi.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025