Amaldorlarning odob-axloq qoidalariga amal qilishini kim nazorat qiladi?

Jamiyat

image

Avvalroq Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining “O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu qaror fuqarolar tomonidan va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda.

Bugun, 13 dekabr kuni Adliya vazirligi Matbuot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva kodeks loyihasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, qaror loyihasini ishlab chiqishning dolzarbligi ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazaning zamon talablariga javob bermasligi hamda davlat hokimiyati organlari qabul qilgan idoraviy odob-axloq qoidalarida belgilangan talablarning tarqoq ekanligidadir.

Ma’lum qilinishicha, hujjat bilan barcha davlat xizmatchilari uchun majburiy bo‘lgan odob-axloq qoidalarining yagona standarti joriy qilinadi.

Odob-axloq kodeksi loyihasi 6 ta bob va 53 ta moddadan iborat bo‘lib, davlat xizmatchilarining davlat organi va tashkiloti zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda rioya qilishi lozim bo‘lgan talablarni o‘z ichiga qamrab olgan.

Ta’kidlanishicha, kodeksda  belgilangan talablarning davlat xizmatchilari tomonidan rioya qilinishi ustidan doimiy nazorat davlat organlari va tashkilotlarida tashkil qilinadigan odob-axloq komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarining ushbu sohadagi faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha har bir davlat organlari va tashkilotlaridagi odob-axloq komissiyalarining faoliyati yuzasidan ma’lumotlarni yagona tizimlashtirilgan tartibda ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi zimmasiga yuklatilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

860

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing