Alutex oyna-rom va fasad tizimlarini yig‘ish bo‘yicha bepul trening o‘tkazdi

Biznes

Fasad alyuminiy oynalari zamonaviy me’moriy yechimlarning ajralmas qismidir. Ularning o‘rnatilishi bino fasadining xavfsizligi, chidamliligi va estetikasini ta’minlash uchun ma’lum ko‘nikmalar va bilimlarni talab qiladi.

Alutex  kompaniyasi joriy yilning  oktyabr oyida  fasad alyuminiy oynalarini ishlab chiqarish bo‘yicha 5 kunlik  o‘quv treningi o‘tkazdi. Mazkur treningda nafaqat poytaxtimizdan, balki O‘zbekistonning turli hududlaridan  alyumin romlari ishlab chiqarish ustaxonalarida faoliyat yurituvchi  500 ga  yaqin mutaxassis ishtirok yetdi.Ushbu o‘quv treningida  O‘zbekiston davlat arxitektura va qurilish instututidan taklif etilgan o‘qituvchi zamonaviy texnologiyalarning imkoniyatlari to‘g‘risida trening ishtirokchilariga ma’lumot berdi.

Treningning birinchi bosqichida qurilish asoslari va deraza bloklarini tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar bilan tanishishtirildi. Ishtirokchilar texnologiya va jarayonlar, jumladan,  profillar, shisha va armatura tanlash haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Treningda energiya samaradorligi mavzusi ham yoritildi. Alutex  romlarining energiya tejamkorligi haqida ma’lumot berildi.  Ishtirokchilar derazalarning issiqlik va tovush izolatsiyasini yaxshilash yo‘llari, shuningdek, energiya samaradorligini oshiradigan texnologiyalar va materiallar bilan tanishdilar.

Trening ko‘rgazmali tarzda Alutex kompaniyasining ishlab chiqarish  hududida  o‘tkazildi. Tashrif buyurgan mutaxassislar  termal romlar, fasad  oynalari ishlab chiqarish jarayonini  kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Fasad alyuminiy oynalarini ishlab chiqarish bo‘yicha Alutex  kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan mazkur trening oyna ishlab chiqarish va o‘rnatish bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarning malakasini   va kasbiy darajasini oshirishga qaratilgan. Bu ishtirokchilarga olingan bilimlarni amalda qo‘llash va yuqori sifatli oyna konstruksiyalarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolarni samarali hal qilish imkoniyatini beradi.

Trening tufayli ishtirokchilar yuqori sifatli alyuminiy fasad oynalarini yaratish uchun o‘z ishlarida foydalanishlari mumkin bo‘lgan yangi ko‘nikmalar va bilimlarga ega  bo‘ldilar. Bu ularga bozorda raqobatbardosh bo‘lish va zamonaviy va estetik jihatdan yoqimli derazalar uchun mijozlar ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.

Alutex kompaniyasi kelgusida  nazariyani amaliyot bilan mustahkamlagan holatda termal, termo lyuks profillari, aldoks-sovuq profillar ishlab chiqarish jarayonini, shuningdek, suriladigan tizimlar, binolarning tashqi tarafini oynalash uchun mos bo‘lgan qat’iy minimalist shaklga ega  fasad tizimlarini ishlab chiqarish jarayonini  amaliyotda ko‘rsatishni maqsad qilgan.

Ta’kidlash joizki, mazkur trening mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tashrif buyuruvchilarning barcha harajatlari Alutex kompaniyasi  hisobidan qoplandi.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring https://alutex.uz

Aloqa uchun:  +998 98 125 04 44

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Instagram’da yangiliklardan xabardor bo‘ling

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing