Aliyev YeOII bilan hamkorlik uchun shart qo‘ydi

Olam

image

Ozarbayjon Armaniston bilan tinchlik shartnomasini imzolaganidan keyin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan to‘liq hamkorlik qila oladi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev “Moskva. Kreml. Putin" dasturiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Armanistonni hisobga olmaganda, YeOIIga a’zo davlatlar bilan uzoq yillik munosabatlarimiz bor, lekin umid qilamanki, biz Armaniston bilan ham tinchlik shartnomasini imzolay olamiz. Shunday qilib, biz YeOII bilan to‘liq hamkorlik qilamiz. Bu yerda hamma menga tanish, chunki biz hamkasblar bilan uzoq vaqtdan beri ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama formatda ishlayapmiz”, degan Aliyev jurnalist Pavel Zarubinning savollariga javob berib.

Ozarbayjon Prezidenti qo‘shimcha qildiki, Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi a’zolari yig‘ilishining rasmiy qismidan so‘ng o‘zi ishtirok etgan kengaytirilgan yig‘ilishda tomonlar hamkorlik istiqbollari, yaqinlashuv bo‘yicha fikr almashgan. 

“Albatta, bu yerda barcha ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rib chiqish kerak. Biz pragmatizmdan chiqishimiz zarur. Biz siyosatimizda hamisha shundan kelib chiqamiz", degan Aliyev.

Eslatib o‘tamiz, 25 may kuni Moskvadagi Katta Kreml saroyida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Myasnikovich ishtirok etgandi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoaloqa orqali qatnashdi. Ozarbayjon Prezident Ilhom Aliyev va Tojikiston rahbari Imomali Rahmon mazkur yig‘ilishga mehmon sifatida taklif qilindi. 

Tadbirda so‘zlagan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Armaniston va Ozarbayjonning hududiy yaxlitlikni o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvi haqida gapirdi. Shu kuni Kremlda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 26 mayda esa Ozarbayjonning Fransiyadagi elchisi Leyla Abdullayeva Baku va Yerevan kelasi hafta tinchlik bitimini tuzishi mumkinligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev Armaniston EOII

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing