Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro o‘tmishda qolganini aytdi 

Olam

image

Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro o‘tmishda qoldi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev YeXHT rahbari Ann Lindega shunday degan.

Aliyev kecha, 14 mart kuni Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri, YeXHTning amaldagi raisi Ann Linde boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashgan. 

Ozarbayjon rahbari endi mamlakat kelajakka umid bog‘lashi kerakligini ta’kidlagan. 

"Bugun biz siz bilan kelajakni qanday qurish haqida o‘z fikrlarimizni muhokama qildik. O‘ylaymanki, urushdan keyingi so‘nggi to‘rt oy har ikki tomonning ham o‘tgan sahifani yopib, kelajakka e’tibor qaratish istagini namoyish etdi", degan Aliyev xorijiy delegatsiya bilan uchrashuvda. 

Ma’lumot o‘rnida, Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat o‘tgan yilning 27 sentyabrida keskinlashdi. 9 noyabr kuni Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari 10 noyabrdan Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘ viloyatiga yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing