Alisher Usmonovning jiyani shaxsga hujum qilishda ayblandi
Olam
−
25 noyabr 2021
22057Angliyaning “Everton” klubi sobiq direktori Sarvar Ismoilov badanga og‘ir shikast yetkazishda ayblandi. Bu haqda BBC yozmoqda.
Qayd etilishicha, Sarvar Ismoilov joriy yilning 11 iyun sanasida Angliya poytaxti Londonda Edmond Krasniki ismli shaxsga hujum qilishda ayblangan.
Xabarga ko‘ra, Sarvar Ismoilovning akasi Sanjar Ismoilov ham Edmond Krasnikiga hujum qilishda ayblanmoqda. Bundan tashqari, 34 yoshli Sanjar Ismoilov, shuningdek, Astrid Faychi ismli modelga hujum qilish va unga tan jarohati yetkazish, shuningdek, uning iPhone smartfoni va qiymati 5000 funt sterlingdan ortiq bo‘lgan olmosli bilaguzukka shikast yetkazishda ham ayblanmoqda.
Ma’lumot uchun, Sarvar Ismoilov “Gudison Park”dagi “Everton” klubining eng yirik homiysi Alisher Usmonovning jiyani hisoblanadi. Bir muddat jamoada sport va tijorat direktori lavozimida ishlagan Sarvar iyul oyida klub direktorlar kengashiga tayinlangandi. Biroq, u joriy yilning noyabrida “sog‘ligi tufayli” vazifasidan ozod etilgan.
LiveBarchasi