Alisher Sa’dullayev yoshlar uchun turli tillarga ixtisoslashgan yozgi oromgoh tashkil etilayotganini e’lon qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Telegram kanali orqali turli tillardan yoshlar uchun “Ibrat tillar oromgohi” barcha tillar bo‘yicha bosqichma-bosqich tashkil etilayotganini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, oromgohning ilk mavsumi ingliz tilidan bo‘lib o‘tadi. Bunda 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, ingliz tilidan kamida B1 darajaga ega yigit-qizlar joriy yilning 10 iyun sanasiga qadar @ibratcamp_bot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va ariza yuborishlari lozim.

Ariza yuborilgandan so‘ng onlayn shaklda suhbat bo‘lib o‘tadi. Saralab olish talablariga ko‘ra, eng yaxshi insho yozgan va suhbatdan muvafaqqiyatli o‘tgan yoshlar oromgohda ingliz tilidan chuqurlashtirilgan shaklda malaka oshirish imkoniga ega bo‘ladilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Sa’dullayev ushbu oromgohni tashkil yetish uchun yoshlarning fikrlarini bilish maqsadida keng qamrovli so‘rovnoma o‘tkazgandi.

 

Yoshlar ishlari agentligi Matbuot xizmati


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing